Uchuvchisiz uchish apparatlarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

Navoiy xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarining mamlakatimiz xududiga noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

Navoiy xalqaro aeroportiga “Istambul-Navoiy” yoʻnalishidagi avireys bilan olib kelingan yuklar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, 3 ta quti ichidagi tovarlarning gʻalati tasviri bojxona xodimlari diqqatini tortadi.

Shundan soʻng, ushbu qutilar ochib koʻrilganda, tegishli xujjatlari boʻlmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan, soʻzidan qiymati 20 mln soʻmlik 3 dona Xitoy davlatida ishlab chikarilgan uchuvchisiz uchish apparati (dron) borligi aniqlanib, dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga olindi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan, uchuvchisiz uchish apparatlarini Respublika hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

O’zbekistonda 7 oyda qancha egizak dunyoga kelgani ma’lum bo’ldi

Next Post

Yangi laqabli eski “Notebook” berishibdi

Related Posts