Navoiy viloyati Karmana tumanida yoshlar daftarida turgan fuqaroga ishlatilgan eski noutbuk sovgʻa qilishibdi.
Men Navoiy viloyati Karmana tuman Zarafshon mahalla Qavala 214/15 uyda yashayman. Yolgʻiz onaman. Oʻgʻlim Turdiyev Javohir yoshlar daftarida ruyxatga olingan. Hozirda Namangan qurilish muhandislik institutini 2 kurs talabasi. Men Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qabullariga kirib oʻgʻlimga subsidiya asosida noutbuk berilishini soʻradim. 2021 yil dekabrda oʻgʻlimga oʻshandagi yoshlar yetakchisi Fuzayl va oʻshandagi xotin qizlar raisi Shermatova bilan birga noutbuk yetkazildi. Lekin noutbuk ishlatilgan va eng past sortli noutbuk ekan. Bizga hujjatda Lenova noutbuk koʻrsatilib, qoʻlimizga Asus noutbuk berilgan. Buni ustiga ishlatilgan noutbuk, chunki word excel hamma tizimlari ilgari ishlatilib taxlangan edi. Biz hayron boʻldik. Buni ustiga 2021 yil dekabrda berilgan noutbuk 2022 yil may oyida berilgan deya koʻrsatilgan hujjatda. Ishlatilgan eski noutbuk berilib, Karmana tuman hokimiyati tomonidan biz oʻzimizni tahqirlangan his qildik.
Sizdan oʻgʻlimga Yoshlar Agentligi tomonidan berilishi kerak boʻlgan oʻziga tegishli hujjatda koʻrsatilgan Lenova noutbukni bizga topshirib, bizga ishlatilgan boshqa turdagi noutbuk bergan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni haqqini ana shunday yeb yotgan mansab egalariga qonuniy chora koʻrib, jinoiy javobgarlikka tortilishini soʻramoqda.