Navoiy va Buxoro shaharlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “R.B.” savdo ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo doʻkoni va omborxonasida 19 xil turdagi jami 9 326 dona umumiy bahosi 466,3 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotish uchun tayyorlab qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Sh. Xalqlar doʻstligi koʻchasidagi fuqaro A.B.ning xonadoni omborxonasini ijaraga olib, ushbu omborxonada jami 6 800 dona umumiy bahosi 133,2 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Rasmiy munosabat

Next Post

2024 yil 1 aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestri yaratiladi

Related Posts