Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda bepul xizmatlar haqida xabardormisiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinin 18.05.2021 yildagi 306-son qaroriga asosan kadastr pasportini rasmiylashtirishda quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻimlar undirilmaydi:

koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);

Birgina yanvar oyining oʻzida Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tuman shahar filialllari tomonidan turar joy toifasidagi 36 ta obyektlarining, kvartiralarning 8 ta, noturar joylarning 41 ta pasportlarlari bepul davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshligʻi O.Tuxtayev

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

“Suvni tejash” har bir fuqaroning burchidir!

Next Post

Navoiy shahar

Related Posts