O’zbekistonda 7 oyda qancha egizak dunyoga kelgani ma’lum bo’ldi

O’zbekistonda 2022 yilning yanvar–iyul oylarida 10 621 nafar egizak tug’ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning 250 nafarini 3 va undan ortiq egizak tug’ilganlar tashkil etgan.

2022 yilning 7 oyida hududlar kesimida eng ko’p egizak Samarqand viloyatida dunyoga kelgan — 1245 nafar. Bu boradagi eng kam ko’rsatkich esa Sirdaryoda qayd etilgan — 278 nafar. Quyida egizaklarning hududlar kesimida tug’ilish ko’rsatkichi keltirilgan:

  • Samarqand viloyati – 1245 nafar
  • Qashqadaryo viloyati – 1071 nafar
  • Toshkent shahri – 976 nafar
  • Namangan viloyati – 944 nafar
  • Farg’ona viloyati – 929 nafar
  • Surxondaryo viloyati – 897 nafar
  • Andijon viloyati – 889 nafar
  • Toshkent viloyati – 872 nafar
  • Buxoro viloyati – 507 nafar
  • Jizzax viloyati – 489 nafar
  • Qoraqalpog’iston R. – 461 nafar
  • xorazm viloyati – 459 nafar
  • Navoiy viloyati – 354 nafar
  • Sirdaryo viloyati – 278 nafar.
Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Bojxona Xodimlariga maxsus unvonlar topshirildi

Next Post

Uchuvchisiz uchish apparatlarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil