Ot oʻrnini toy bosar
Katta ehtimol bilan Turkmaniston prezidenti “post”ini oʻgʻliga qoldirmoqchi.
Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni navbatdan tashqari Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi.
Gurbanguli Berdimuhamedov oʻz lavozimini yosh rahbarga topshirish niyati borligini maʼlum qildi. Bu haqda “Interfaks” respublika Markaziy saylov komissiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalq kengashining juma kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida 15 yildan beri prezidentlik qilgan Berdimuhammedov oʻz lavozimini yosh rahbarga topshirish niyatida ekanini maʼlum qilgan. Faqatgina Xalq Maslahatiyasi (yuqori palatasi) raisligi lavozimini qoldirgan.
Keyinroq u MSKga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishni boshlashni topshirdi.
Hozirda Turkmaniston hukumatida Bosh vazir oʻrinbosari lavozimini 2021 yil iyulidan buyon moliya-iqtisodiy kompleksga rahbarlik qilib kelayotgan prezidentning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov egallab turibdi.
Turkmaniston Konstitutsiyasiga koʻra, prezident yetti yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda boʻlib oʻtishi kerak edi.
Related Posts
NAVOIYLIK SPORTCHI QIZLAR KONYADA 3 TA BRONZA MEDALNI QOʻLGA KIRITISHDI
Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan V Islom birdamligi oʻyinlarida Navoiy viloyati sportchilari Afsona Niyozova, Alyona Vasileva hamda Sitora…
15.08.2022
Navbatdagi xushxabar – bu safar 4 ta kumush
Xitoyda 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi boʻldi. 80 dan ortiq davlatdan 320 nafar oʻquvchi qatnashdi. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar naqd 4 ta…
18.07.2022
Navoiyning chiqindi poligonidagi yongʻin boʻldi
ob-havoning keskin isib ketishi natijasida Karmana tumani hududida joylashgan, “Berejlivost” XICHKga qarashli chiqindilarni koʻmish poligonida 2021 yil 19…
15.07.2022