Navbatdagi xushxabar – bu safar 4 ta kumush

Xitoyda 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi boʻldi. 80 dan ortiq davlatdan 320 nafar oʻquvchi qatnashdi. Oʻzbekistonlik oʻquvchilar naqd 4 ta kumushni oldi. Rasmda gʻoliblar musobaqa doirasidagi kuratori Elyor Jumayev (Yangi Oʻzbekiston prorektori) bilan turibdi. Gʻoliblarning 3 tasi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 sinf oʻquvchilari va bir nafari Navoiy viloyati Navoiy shahridagi AFFCHOʻIMning 11 sinf oʻquvchisi.Endi ularga bonusiga 90 million soʻmdan, ustozlariga esa 75 million soʻmdan pul mukofoti beriladi. Shuningdek, medal sohiblari OTMga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Maktabni tugatmay turib 8 ming dollar atrofida pul va talabalik baxti – juda havas qildim. Qanday baxt! Mana shundaylar Oʻzbekiston kelajagini quradi.

Zafarbek_Solijonov

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy chiqindilar poligonidagi yongʻin haqida rasmiy maʼlumot …

Next Post

Navoiy Pedagogika instituti xushxabar 1-o’rin oltin medalni qo’lga kiritdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil