Navoiyda ikki yilda 120 nafar mansabdor shaxs va davlat xizmatchisi jinoiy javobgarlikka tortilgan

Ular korrupsiya va mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan. Bu haqda Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov viloyat ahliga murojaatida ma’lum qildi.

Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov jamiyatda korrupsiyaning oldini olishda hamkorlik qilish uchun viloyat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Prokuror o‘z murojaatida ta’kidlashicha, o‘tgan 2 yilda viloyatda korrupsiya va mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatni sodir qilgani uchun 120 nafar mansabdor shaxs va davlat xizmatchisi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu jinoyatlarning 16 tasi poraxo‘rlik bilan bog‘liq. Hududda eng ko‘p korrupsiya holatlari qurilish, bank kreditlari, yer ajratish va kadastr idoralari sohalarida kuzatilmoqda.  

Baxtiyor Ahmedov o‘z murojaatida aholi va keng jamoatchilikni jamiyatda, xususan, prokuratura organlarida korrupsiyani bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqirgan.

“Agar korxona, muassasa, tegishli tashkilotlarda, shuningdek, viloyat prokuratura organlarining biror bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat yoki harakatsizlikni kuzatsangiz, bu haqda zudlik bilan (79)225-07-17, 223-09-40 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘rayman”, — degan viloyat prokurori.

Oldinroq Navoiyda bog‘cha mudirasi va mahalla raisi pora bilan qo‘lga tushgandi. Ular fuqarolarni o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotga pora evaziga ishga olmoqchi bo‘lishgan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda neft aniqlash talon-toroj qilish aniqlandi

Next Post

“Men dutor bilan tugʻishgan, qoʻhna bir devonaman”

Related Posts