Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida “Zarafshan golden group” MCHJ buyurtmachi

RASMIY MUNOSABAT.

Mazkur videolavhada aks etgan koʻp qavtli turar-joy obyekti Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida “Zarafshan golden group” MCHJ buyurtmachi boʻlgan, xamda jamiyat tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 12 qavatli turar-joydagi holta ekanligi aniqlandi.

“Zarafshon Golden Group” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan Zarafshon shahar 13 kichik tuman hududidagi 12 qavatli turar obyekti uchun Rossiya Federatsiyasining loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan, boʻlib “ToshuyjoyLITI” AJ Navoiy filiali tomonidan loyiha hujjatlari adaptatsiya qilingan. “Navoiy Proect pro” MCHJ tomonidan 2021 yil 18 maydagi №022G/04-21 AS sonli ekspertiza xulosasi berilgan.
“Zarafshan golden group” MCHJ tomonidan 2021 yil 25 may sanasida qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan, hamda Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan.


Bugungi kunga qadar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ushbu obyekt boʻyicha 135 marta monitoring ishlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchilik va siftasish ishlar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan 32 ta, shundan buyurtmachi tashkilotgan 10 ta, qurilish pudrat tashkilotiga 11 ta, loyiha tashkilotiga 11 ta yozma koʻrsatmalar berilgan. Aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi, shuningdek qurilish – montaj ishlarida loyihadan chetlanish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi sababli inspeksiya tomonidan buyurtmachining texnik, qurilish pudrat tashkilotining ichki va loyiha tashkilotining mualliflik nazorati boʻyicha masʼullariga nisbatan 5 marta Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.


Ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarida obyekt yigʻma temir beton konstruksiyalarda asosida ramalik tipda qurilishi koʻzda tutilgan. Tashqi tomondan toʻldiruvchi sifatida gazoblok qurilish materialidan foydalanish koʻrsatilgan.
Aynan videolavhada aks etgan gazoblok toʻldiruvchi materialning asosga mahkamlanish tartibi loyiha hujjatlarida koʻrsatilmaganligi, bogʻlash, mustahkamlash chizmalari va qirqimlari loyihada aniq kiritilmaganligi sababli Navoiy viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan “ToshuyjoyLITI” AJ Navoiy filiali masʼul xodimi J.Rustamovga nisbatan, xamda gazoblok toʻldiruvchi materialning norativ talablarga zid ravishda montaj qilinishi boʻyicha “Zarafshon Golden Group” MCHJ masʼul xodimi A.Xojiyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari joyida buzdirib tashlangan.
Navoiy viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan elktron yozma koʻrsatmalar berilib, sifatsiz bajarilgan gazoblok terish ishlari joyida buzdirildi. Shu jumladan buyurtmachi, qurilish-pudrat va loyiha tashkiloti masʼullariga nisbatan takroriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilganligini maʼlum qilinadi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Next Post

Navoiyda 6 yoshli bola tok urishi oqibatida ikki qoʻlidan ayrildi

Related Posts