Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan, xamda jamiyat tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 5 qavatli turar joy qurish obyektidagi holat ekanligi aniqlandi.

Xolat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan monitroing ishlari olib borilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:

Pudrat tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ tomonidan koʻp qavatli turar joy obyektining ichki xavo aylanish shaxtalarining tomdan chiqish qismida yomgʻir qor suvlaridan himoya vositalari asosga mustahkam montaj qilinmaganligi sababli, kuchli shamol taʼsirida shaxtlarning yuqori qismidan ajralgan. Natijada yogʻingarchilik davrida 1 uy, 23 sonli honadon oshxona xavo aylanish shaxta qismidan suv oʻtish holati sodir boʻlgan.

Bugungi kunda Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining berilgan koʻrsatmalariga asosan pudrat tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ tomonidan turar joy obyektining ichki xavo aylanish shaxtalarining tomdan chiqish qismida yomgʻir, qor suvlaridan himoya vositalarini montaj qilish, massivdagi boshqa koʻp qavatli turar-joylar tom qismini qayta koʻzdan kechirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va 23 sonli honadon oshxona devorining pardozlash ishlariga zarar yetgan qismini qayta taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda soliqchi pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushdi

Next Post

Navoiy va Buxoro shaharlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil