2024 yil 1 aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestri yaratiladi

Bu haqda davlat rahbarining jori yil 23 noyabrdagi “Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyildi.
Mazkur hujjatga koʻra, allergik kasalliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, jumladan, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik koʻrsatkichlari ustidan nazorat kuchaytiriladi va manzilli skrining tekshiruvlari joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvardan allergik va immunologik kasalliklarga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. 2024 yildan allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) koʻrsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi. Hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.

2024 yil 1 yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi. Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam Markaz tomonidan koʻrsatiladi.

2024 yildan allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami hududlar kesimida oʻrganilib, uning natijalari Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi. Aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid maʼlumotlar bilan birgalikda tegishli veb-sayt va boshqa manbalar orqali eʼlon qilib boriladi.

2024 yilning 1 apreligacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reyestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi.

Manba uza

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy va Buxoro shaharlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Next Post

Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil