Elektromobildan dastlab qanday xizmatlarda foydalanilgan?

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda avtomobil transporti muhim oʻrin tutadi. Bugungi kunda hayotni transport vositalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Transport odamlarning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishda asosiy vositadir.

Bugungi kunda ayniqsa, ekologik muammolardan holi boʻlgan   elektromobillarga talab oʻsib bormoqda. Shundan kelib chiqib, elektr energiyasini harakat mobaynida oʻz hisobidan mustaqil ishlab chiqaruvchi elektromobillar yildan-yilga koʻpaymoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga qaraganda, 2021 yilning noyabr oyida Oʻzbekistonga xorijdan 76 ta elektromobil import qilingan. Joriy  yilning noyabr oyida import qilingan elektromobillar soni oktyabr oyiga nisbatan 21 taga oshgan. Mamlakatimizda  noyabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,8 million AQSH dollari sarflangan.

Mutaxassislar fikriga koʻra, elektromobilni boshqarish noqulaylik tugʻdirmaydi. Elektromobilning harakatlanish mexanizmlari tez va shovqinsiz ishlaydi. Dvigatelning vibratsiyasi yoʻq. Ravon tezlanish oladi va toʻxtaydi. Shuning uchun ham uni boshqarishni katta yoshli insonlar ham tez oʻrganib olishi mumkin

Elektromobil oʻzining benzinda harakatlanuvchi raqobatchisiga qaraganda qimmatroq turadi. Elektromobil zaryadsiz qancha masofaga yura olishi esa koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy. Bugun talab yuqori boʻlgan elektromobillardan biri  “Chevrolet Volt dir. Tesla Model S” elektromobili esa toʻla zaryadi bilan 425 kilometr yura oladi.

Eng muhimi bu mashinalar ekologik tozalikni saqlashda muhim qadam boʻlishi mumkin. Elektromobil bekorga “yashil avto” sifatida tan olinmagan. Uglevodorodli yonilgʻi sarflovchi mashinalarga nisbatan elektromobil tabiatga keltiradigan zarari arzimas darajada. Shuning uchun bugungi “yashil avtomobillar” taraqqiy etgan mamlakatlardan biri sanalgan AQSHda elektr quvvati bilan yuradigan avtomobillar yiliga yuz minglab sotiladi.

Qolaversa, elektromobilni uy sharoitida 220 volt yordamida quvvatlash mumkin. 100 kilometr masofaga taxminan 3000-5000 soʻmlik energiya sarflanadi. Elektromobillarni maxsus stansiyalarda 80 foizgacha quvvatlash mumkin.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, elektromobil  akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan  avtomobil hisoblanib, XX asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQSHda elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Qaysi kasb va sohalar texnologiyalar sabab yoʻqolib ketish arafasida?

Next Post

mGovAward mobil ilovalar tanlovining ikkinchi toʻlqini boshlanadi

Related Posts