“Tesla Model 3” sentyabrda Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil boʻlgani qayd etildi va bu borada elektromobil benzin bilan ishlovchi dvigatelli avtomobillarni birinchi marta ortda qoldirdi.
“Ilon Maskning kompaniyasi mislsiz muvaffaqiyatga erishdi”, deb yozadi Bloomberg.
“Model 3” ning samaradorligi mazkur avtomobilning uchinchi chorakda koʻp sotilganida koʻrinadi.
“Jato Dynamics” tadqiqot kompaniyasi hisobotiga koʻra, bu Yevropadan tashqarida ishlab chiqarilgan avtomobilning birinchi oʻrinni egallashi bilan bogʻliq ilk holat hisoblanadi.
Elektr va gibrid avtomobillar sentyabrda Yevropa bozorining 23 foizini tashkil qildi, bu esa 2020 yilga nisbatan ikki baravar koʻp miqdor degani.
“Tesla Model 3” Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil sifatida qayd etildi
