Nemis avtokonserni “Volkswagen” haydovchisiz boshqariluvchi tez tibbiy yordam avtomobillarini ishlab chiqarishn yoʻlga qoʻymoqchi.
Gamburgdagi “ITS World Congress” koʻrgazmasida “ID” elektr miniveni prototipi namoyish qilindi.
“Buzz” tibbiyot xodimini olib yurish va bemorga xizmat koʻrsatishga moslashtirib jihozlangan, deb yozadi “Autonews.ru”.
“Volkswagen” bu rusumdagi avtomobilni ilk marta namoyishga qoʻydi.
Tez yordam ranglari bilan chiqarilgan elektromobilda rul yoʻq.
Uning yaratuvchilari avtomobildagi sunʼiy intellekt yoʻldagi har bir harakat, ishora yoki belgini 40 metrdan ilgʻay olishini aytmoqda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
“Volkswagen” bu turdagi avtomobillarni 2025 yildan ishlab chiqarishga qoʻymoqchi.
Related Posts
Oʻzbekistonda yoʻllardagi shovqin balandligini oʻlchovchi radarlar paydo boʻlishi mumkin
Mazkur qurilmalar baland shovqin chiqaradigan avtomobillarni aniqlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. “Germaniyada transport harakati…
15.02.2022
“Tesla Model 3” Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil sifatida qayd etildi
“Tesla Model 3” sentyabrda Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil boʻlgani qayd etildi va bu borada elektromobil benzin bilan ishlovchi…
15.02.2022
Apple kompaniyasining choraklik daromadi 29 foizga oshdi
Amerikaning Apple kompaniyasi oʻtgan yilga nisbatan taqqoslaganda daromadi 29 foizga oshgan. Bu haqda kompaniya oʻz saytida chop etilgan…
15.02.2022