Amerikaning Apple kompaniyasi oʻtgan yilga nisbatan taqqoslaganda daromadi 29 foizga oshgan. Bu haqda kompaniya oʻz saytida chop etilgan bayonotlar orqali tasdiqlaydi.
Xabar berilishicha, uch oylik hisobot 25 sentyabrda yakuniga yetgan. Ushbu davr mobaynida kompaniya 83,4 milliard dollar daromad qilgan. Oʻtgan chorakda esa kompaniyaning sof foydasi 20,5 milliard dollarni tashkil etgandi.
Taʼkidlash kerak, Applening asosiy mahsuloti iPhone boʻlib qolmoqda, smartfonlardan tushgan foyda 3-choraklikda 38,8 milliard dollarga, moliyaviy yilda esa 191,9 milliard dollarga teng.
Maʼlumki, Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologiyali uskunalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va bu dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biri boʻlib qolmoqda.
Related Posts
Oʻzbekistonda yoʻllardagi shovqin balandligini oʻlchovchi radarlar paydo boʻlishi mumkin
Mazkur qurilmalar baland shovqin chiqaradigan avtomobillarni aniqlaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. “Germaniyada transport harakati…
15.02.2022
“Volkswagen” kompaniyasi haydovchisiz boshqariluvchi tez tibbiy yordam avtomobillarini ishlab chiqaradi
Nemis avtokonserni “Volkswagen” haydovchisiz boshqariluvchi tez tibbiy yordam avtomobillarini ishlab chiqarishn yoʻlga qoʻymoqchi. Gamburgdagi “ITS World Congress” koʻrgazmasida…
15.02.2022
“Tesla Model 3” Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil sifatida qayd etildi
“Tesla Model 3” sentyabrda Yevropadagi eng xaridorgir avtomobil boʻlgani qayd etildi va bu borada elektromobil benzin bilan ishlovchi…
15.02.2022