RASMIY MUNOSABAT.

Mazkur foto suratlar aks etgan koʻp qavtli turar-joy binosini rekonstruksiya qilish ishlarida Buyurtmachi tashkilot Navoiy viloyati “Yagona Buyurtmachi Xizmati” DUK, loyiha xujjatlarini “Meʼmor loyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qurilish-montaj ishlari “Abdulaziz Binokor sifat” MCHJ qurilish pudrat tashkiloti tomondan olib borilmoqda.
Xolat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi, Navoiy shahar hokimligi hamda Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan joyida oʻrganish ishlari olib borilganda quyidagilar aniqlandi:


Koʻp yillik tashqi taʼsirlar natijasida binoning A1-B oʻq 1-2 va 26-28 qator oraligʻida poydevor qismida deformatsion yoriqlar paydo boʻlgan. Binoni rekonstruksiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan loyixa hujjatlarida yuqorida koʻrsatilgan bino qismlari poydevor va devorlarini kuchaytirish ishlari berilgan. Loyihada koʻrsatilgan poydevor va dorlarni kuchaytirish ishlari qurilish-pudrta tashkiloti tomonidan bugungi kunda boshlanmagan.


Binodan ortiqcha yukni kamaytirish maqsadida A1-oʻq 1-28 qatorlar oraligʻidagi yoʻlaklarni toʻsuvchi sifatida montaj qilingan temir beton dekorativ panellar demontaj qilinib oʻrniga metall kanstruksiyaga almashtirish berilgan. Loyiha hujjatlaridagi hisob kitoblarga koʻra mazkur chora tadbir orqali binodagi 230 tonna ortiqcha yukni olib tashlash koʻzda tutilgan.


Bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining mazmun mohiyati mazkur koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchi faollariga atroflicha tushuntirildi va ularning bu borada hech qanday eʼtirozi yoʻqligi maʼlum boʻldi.


Bugungi kunda obyekt qurilish montaj ishlarida KMK 3.01.02-00 qurilishda xavfsizlik texnikasi rioya etilmasdan ishlar olib borilganligi sababli Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan “Abdulaziz Binokor Sifat” MCHJ texnika havfsizligi boʻyicha masʼul xodimlari ogoxlantirildi va yoʻl quygan kamchiliklari yuzasidan maʼmuriy choralar koʻrildi hamda qurilish montaj ishlarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan xolda olib borilishi tushuntirildi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navbahor tumani 1-sonli sport maktabi trenerlari bir necha yildan buyon maktab rahbariyati noqonuniy harakatlaridan aziyat chekmoqda.

Next Post

Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Related Posts