Navbahor tumani 1-sonli sport maktabi trenerlari bir necha yildan buyon maktab rahbariyati noqonuniy harakatlaridan aziyat chekmoqda.

Nomini oshkor qilishni istamagan trenerlardan kelib tushgan maʼlumotga koʻra, Navbahor tuman 1-son sport maktabi direktori va hisobchisi tomonidan Shodiyeva Dilfuza, Xoʻjamov Sevdiyor, Rasulov Jamol, Rajabov Erkin, Toirov Anvar, Jumatoyev Otabek, Xoliqov Isomiddin, Baxronov Maqsud, Urinboyev Shaxzod, Jumayev Salim, Mamatova Sayixa kabi trenelarning musobaqa pullarining yarmi oʻzlashtirilgan (asos: trenerlarni musobaqa pullarini yarmini olib qolgandan keyin oʻquvchilarni ovqatlantirmay hamda musobaqaga bormagan oʻquvchilarga xizmat safari yopilgan).


Shuningdek, sport maktabida elektr energiyasi uchun 2023 yil aprel oyida aniqlangan 41 mln. soʻm jarima trener va ishchi-xizmatchilarga tayinlangan moddiy yordam hisobidan qoplangan. Natija koʻrsatgan aksariyat trenerlar har oyda direktor fondi hisobidan ragʻbatlantirilib, aslida ushbu mablagʻ direktor tomonidan oʻzlashtirilmoqda.
2022 yil 24 dekbar sport maktabida Kurash, Stol tennis, Futbol, Voleybol, Basketbol turlaridan sport maktab ochiq birinligi oʻtkazilib, musobaqa bosh hakamlari nomiga pul chiqarib olingan va musobaqa nizomida kurash turidan bosh hakam Nazarov Ilxom qoʻyilgan boʻlsada, musobaqa puli Jumayev Qobil nomiga chiqarilgan. Gimnastika bilan shugʻullanuvchilarni musobaqaga borib kelishi uchun trener sifatida Murodova Shafoatga buyruq chiqarilgan boʻlsada, musobaqa puli Shermatova Sayyoraga berilgan. Kiyokushunkay karate boʻyicha 2023 yil 5-7 may Qozogʻistonning Olmata shahrida Osiyo chempionati musobaqasida sportchilari oʻrin olib kelganligi munosabati bilan trener Baxronov Maqsudga ustama puli tayinlnib kelmoqda, biroq uning shogirdlari musobaqaga bormagan (buni bolalarning kinder paporti yoʻqligidan bilsa buladi).


Moliya Vazirligining 20.09.1995 yildagi 177-sonli qarori ijrosi boʻyicha sport maktabining barcha xodimlari bayram puli berilishi kerak boʻlsada, direktor va hisobchi 20 ta xodimga 71 mln soʻm mablagʻ yozib, pullarni plaskartalariga tashlab pul qilib olgan va qolgan 87 ta xodimlarga bayram puli berilmagan.
Shuningdek, sport maktabida baʼzi trenerlar 0,5 stavkada faoliyat yuritsada, ularga belgilangan qonunchilikka zid ravishda 1 stavka oylik maoshi tayinlanib, oʻrtadagi farq direktor tomonidan oʻzlashtirilmoqda. Ayrim trenerlarga esa, tabel yozilmasdan 2023 yil boshidan oylik maoshi notoʻgʻri tayinlanmoqda (Azamov Sanjar, Xusenova Moxira, Shoqulov Sherzod, Shermatova Sayyora, Murdullayeva Sarvinoz, Yovqochova Fotima, Salomov Firdavs v.h.)
Direktor Ibragimov Ilxom 2020-2021-2022 yillar mehnat taʼtili uchun 2022 yilda 50 mln. soʻm olgan.
Trenerlar sport maktabida tuman tashkilotlari tomonidan bir necha marta tekshirish oʻtkazilganligi, biroq ushbu holatlar “yopib” ketilganligini vaj keltirganligi sababali viloyat prokuraturasidan mazkur holatni oʻrganishni soʻrab qolamiz.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy viloyatida 6 219 ta kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.

Next Post

RASMIY MUNOSABAT.

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil