Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Joriy yilning 9-iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbirini o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomashina tekshirildi. Natijada mashina yukxonasida 2 dona otilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlandi.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani maʼlum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q. Sh. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIB ga yuborildi. 

Hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar to‘planmoqda.

Total
0
Shares
Previous Post

RASMIY MUNOSABAT.

Next Post

Iyul oyida Navoiy vilotida 1 364 ta kadastr pasporti tayyorlab berildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil