Iyul oyida Navoiy vilotida 1 364 ta kadastr pasporti tayyorlab berildi

Koʻchmas mulkka kadastr pasportini tayyorlash bu Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanib barcha notarial harakatlarni amalga oshirishda ham muhim roʻl oʻynaydi.
Hozirgi kunda Navoiy viloyati boʻyicha 285 mingdan ortiq ta 204 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyektlariga kadastr pasporti qilib berilgan.


Birgina iyul oyining oʻzida jismoniy va yuridik shaxslardan 2 090 ta kadastr pasporti shakllantirishga ariza kelib tushgan boʻlib 1 364 ta arizachiga kadastr pasporti shakllantirib berilgan 93 ta ariza toʻlov qilish jarayonida kutib turibdi, 132 ta arizaga texnik xodimlar tayinlanib oʻlchov ishlari amalga oshirilmoqda, qolgan arizalarga hujjatlarda kamchiliklar boʻlganligi sababli rad etilgan.


Kadastr pasporti tayyorlash uchun ariza berish jarayoni bugungi kunda juda sodda koʻrinishga kelgan-deydi Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar shoʻbasi bosh mutaxassisi Shoxrux Abduraximov
Koʻchmas mulk egasi kadastr pasporti tayyorlash uchun koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni belgilovchi asoslarni Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki my.gov.uz saytida shaxsiy kobinetiga kirgan holda ariza yuborishlari mumkin. Bunda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni belgilovchi asoslar skaner qilib biriktiriladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o‘ldirildi

Next Post

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol tugʻuruqdan soʻng vafot etdi.

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil