Qaysi kasb va sohalar texnologiyalar sabab yoʻqolib ketish arafasida?

Deylik, siz yaxshi bir ofisda muhim va masʼuliyatli ish bilan shugʻullanasiz. Bajarayotgan ishingiz, minayotgan mashinangiz, istiqomat qilayotgan uyingiz, ovqatlanayotgan oshxonangizda ham tabiiyki, avtomatlashtirilgan texnikalar oʻrin olgan. Soʻngi vaqtlarda sunʼiy intellekt texnologiyalar hayotimizda tobora oʻz oʻrnini mukammal egallayotganiga guvoh boʻlyapmiz.ROBOTLAR ODAMLAR OʻRNINI BOSOLADIMI?Deylik, siz yaxshi bir ofisda muhim va masʼuliyatli ish bilan shugʻullanasiz. Bajarayotgan ishingiz, minayotgan mashinangiz, istiqomat qilayotgan uyingiz, ovqatlanayotgan oshxonangizda ham tabiiyki, avtomatlashtirilgan texnikalar oʻrin olgan. Soʻngi vaqtlarda sunʼiy intellekt texnologiyalar hayotimizda tobora oʻz oʻrnini mukammal egallayotganiga guvoh boʻlyapmiz.ROBOTLAR ODAMLAR OʻRNINI BOSOLADIMI?

Robototexnika vositalari tannarxining pasayishi har qanday sohani avtomatlashishiga sabab boʻlmoqda. Bu koʻplab ishchilarning sunʼiy intellekt texnologiyalar bilan almashtirilishiga olib keladi. Sunʼiy intellekt texnologiyalar shu darajada rivojlanganki, baʼzi sohalarda u odamning toʻliq oʻrnini bosa oladi. 2025 yilga kelib barcha ishlab chiqarish vazifalarining 45 foizini intellekt texnologiyalar bajaradi. Hozir bu koʻrsatkich 10 foizga teng.

QAYSI KASBLAR YOʻQOLISHI MUMKIN?

Zamonaviy texnologiya uzoq vaqtdan beri bank xodimlari ishini taʼqib qiladi. Ular tez orada sunʼiy intellekt texnologiyalariga oʻz oʻrnini boʻshatib berishadi. Dastlab, 1961 yilda birinchi bankomat Nyu-York banklarining birida oʻrnatildi. Ular tezda mashhurlikka erishdi va endi har qadamda uchratish mumkin. Yaqin 5-10 yil ichida qolgan bank xodimlari bosqichma-bosqich aholining yangi texnologiyalarga moslasha olmagan qismiga xizmat koʻrsatishga oʻtadi.

Maʼlumot oʻrnida, AQSHda 20 milliondan ortiq professional haydovchilar mavjud. Ularning katta qismi oʻz-oʻzini avtomatik ravishda boshqara oladigan yengil va yuk mashinalari bilan almashtirilishi kutilmoqda. Jumladan, jahonning eng yetakchi avtokompaniyalari allaqachon sinovdan oʻtkazish jarayonini boshlagan. “Tesla” kompaniyasi esa haydovchisiz elektr yuk mashinalarini sekin asta bozorga olib kirishni boshladi. 

Bundan tashqari qishloq xoʻjaligida fermerlar ham allaqachon aqlli, oʻz-oʻzini boshqara oladigan traktorlardan foydalanishni boshladi.

YANA KIMLAR ISHSIZ QOLADI?

Mijozlar va xaridorlardan maʼlumotlarni olish bilan bogʻliq har qanday ish allaqachon kompyuterlarning ishiga aylandi. Aynan xizmat koʻrsatish sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalar odamlar oʻrnini birinchi navbatda egallab olmoqda. Robotlarga maosh toʻlash shart emas. Ular eʼtiborsizlik tufayli xatoga yoʻl qoʻymaydi. Kayfiyati yomon boʻlgani uchun mijozga qoʻpol munosabatda boʻlolmaydi.

Koʻrinishidan, moliyaviy tahlilchilar katta aql talab qiladigan kasb turi, ammo baribir u yoʻqolib ketish xavfi ostida. Lekin bu ajablanarli emas. Inson miyasining salohiyati qanday boʻlishidan qatʼi nazar, har yili katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish kompyuter tizimlariga yaxshiroq beriladi. Endilikda, sunʼiy intellektdan foydalangan holda faktlarni tahlil qilish va ularga asoslangan voqealar yanada tez va aniqroq boʻlib bormoqda. Shuning uchun odamga tez orada bu sohada oʻrin qolmaydi.

Albatta, bugungi kunda barcha shifokorlarni robotlar va sunʼiy intellekt bilan almashtirib boʻlmaydi, ammo baʼzi funksiyalarda texnologiya allaqachon shifokorlaridan oshib ulgurgan. Rivojlanishning hozirgi surʼatida robotlar operatsiyalarni allaqachon muvaffaqiyatli bajarmoqda. AQSHdagi bir nechta klinikalarda sunʼiy intellekt texnologiyalar diagnostikachi sifatida ishlaydi. Koʻp hollarda diagnostikaning aniqligini shifokorlarga qaraganda yaxshiroq koʻrsatadi.

Shuningdek, yetakchi kompaniyalar sanoat miqyosida farmatsevtikaga oid sunʼiy intellekt texnologiyalarni ishlab chiqarishgan. Bilamizki, mashinalarning samaradorligi ishchilarga nisbatan oʻn baravar yuqori. Aynan bu sohada odamlarni mashinalar bilan almashtirishda faqat afzalliklarni koʻrish mumkin. Shuning uchun farmatsevtlar birinchilardan boʻlib sunʼiy intellekt texnologiyalar bilan almashtiriladi.

BILIM VA TAJRIBALILAR QADRLANADI

Oʻz ishining mutaxassisiga har doim ish topiladi, yaxshi haq toʻlanadi. Haqiqiy sanʼat asarlarini insonlar yaratadi. Avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishning vazifasi – vaqtimiz va katta kuchimizni talab qilayotgan har qanday ishlarga koʻmaklashishdan iborat. Biz esa ortgan vaqt hisobiga muhim ishlarni bajarishimiz mumkin.

Darhaqiqat, dasturchi, shifokor, psixolog, tarbiyachi, tergovchi, tarjimon kabi kasblarning kelajagi hamisha inson ongi va aqliga tayansagina oʻz natijasini koʻrsatadi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Inflyuenserlar nimani oʻrgatishi mumkin?

Next Post

Elektromobildan dastlab qanday xizmatlarda foydalanilgan?

Related Posts