Mazkur qurilmalar baland shovqin chiqaradigan avtomobillarni aniqlaydi.
Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
“Germaniyada transport harakati shovqiniga qarshi kurashda yoʻllar chetidagi shovqin darajasini aniqlash uskunalaridan faol foydalaniladi.
Fransiyada avtomatik foto-videokameralar shovqin darajasi kuchli boʻlgan avtomashinani tanib olish, avtomatik ravishda suratga olish va uning raqamini oʻqish qobiliyatiga ega shovqin radarlari bilan jihozlangan, ushbu tizim avtotransport egasiga jarima toʻlash zarurligi haqida xatni avtomatik ravishda yuboradi”, — deyiladi xabarda.
Oʻzbekistonda yoʻllardagi shovqin balandligini oʻlchovchi radarlar paydo boʻlishi mumkin
