Joriy yilning 6 noyabr kuni Navoiy viloyati huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbir davomida, Davlat Soliq Qumitasi huzuridagi “Soliq–servis” DUK Nurota tumani boʻlimi xodimi “Q.A.“ tuman hududida joylashgan MCHJlardan birining soliq idoralaridan mavjud 20 mln. soʻmlik qarzdorliklarini 10 mln. soʻmga kamaytirib berish hamda MCHJ bank hisob raqamini Navoiy shahriga koʻchirib berish evaziga MCHJ ish boshqaruvchisidan 300 AQSH dollari va 600 ming soʻm pullarni noqonuniy ravishda olayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.
Hozirda holat yuzasidan “Q.A.”ga nisbatan IJQK Departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 25,168–moddasi 3–qismi ”v” bandi va 28,211–moddasi 1–qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.