Navoiyda 43 yoshli fuqaro “metrika” oladigan bo‘ldi

Xatirchi tumanida yashovchi 43 yoshli fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi fakti sud qarori bilan tasdiqlandi. U uy sharoitida tug‘ilgani uchun “metrika” va fuqarolik pasporti ololmagan.

Tumanning Maydonsoy mahallasida yashovchi, 1978 yil 28 mart kuni tug‘ilgan Sobir Qarshiyev tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, fuqarolik pasporti ololmay sarson bo‘lib yurganini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, u uy sharoitida tug‘ma ko‘zi ojiz holatda tug‘ilgani sababli tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma tuzilmagan.

FHDYo bo‘limi tomonidan 1975–1981 yillardagi arxiv ma’lumotlari o‘rganilganida Sobir Qarshiyevga tug‘ilganlik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilmagani, fuqaro ta’limga jalb qilinmasdan qolib ketgani aniqlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi raisi Bahodir Babaqulovning Kun.uz’ga xabar berishicha, sud ish hujjatlarini to‘liq muhokama qilib, Sobir Qarshiyevning 1978 yil 28 mart kunida tug‘ilganlik faktini belgilab berishni lozim topgan. Sudning hal qiluv qarori 25 fevral kuni kuchga kiradi va shundan keyin fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasporti beriladi.  

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Muborak tuman IIB boshlig‘i qo‘lga olingani tasdiqlandi.

Next Post

Qarshi xalqaro aeroporti: sharoitlar yanada yaxshilandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil