O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida rus tili va boshqa fanlarning rus tilida o‘qitilish sifatini oshirishga qaratilgan, 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan “ZO‘R” (“Klass”) loyihasining 4-bosqichi doirasida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar metodisti Suslov Valeriy Gennadyevich tomonidan viloyatdagi 23 ta ta’lim rus va o‘zbek tillarida olib boradigan maktablarning direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun 2022-yil 17-noyabr kuni Navoiy shahridagi 13-maktabda o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Navoiy shahridagi 1-, 3-, 4-, 5-, 7-, 18-, Zarafshon shahridagi 1-, 3-, 4-, 6-, 7-, 10-, Karmana tumanidagi 2-, 8-, 28-, Konimex tumanidagi 2- , 16-, Nurota tumanidagi 18-, Xatirchi tumanidagi 7-, Qiziltepa tumanidagi 1-, 5-, Uchquduq tumanidagi 3-maktab direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.









