O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-22-son qarorining 6-bandi, 2-xat boshi hamda Prezident Administratsiyasining 2022-yil 14-apreldagi 27-bayoni 8.1-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi Finlyandiya tajribasi bo‘yicha tayanch (pilot) maktablarining o‘qituvchilari uchun 2022-yil 14-noyabrdan 18-noyabr kunlari Navoiy shahridagi 7-maktabda “Ta’limdagi o‘qitish metodikasi bo‘yicha Finlyandiya tajribasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.





