Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Karmana tuman DSI bosh inspektori А.Z. “S.” MChJ rahbari I.P.ga 10 000 АQSh dollari evaziga ushbu MChJga qarashli kafeda oʼtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi boʼyicha moliyaviy jarima qoʼllamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishini aytib, 9 000 АQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.