Navoiy shahriga 16 yil hokimlik qilgan Baxtiyor Hamdamov vafot etdi

U Navoiy shahrini eng ko‘p boshqargan hokim hisoblanadi.

1992-2008 yillarda Navoiy shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Hamdamov Baxtiyor Ibragimovich 13 iyun kuni 72 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Kun.uz’ xabar berdi.

Baxtiyor Hamdamov 1951 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1977 yilda Farg‘ona politexnika institutini injyener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1977 yilda Navoiy sement zavodida chilangarlikdan boshlagan hamda 1986 yilgacha ushbu zavodda smena ustasi, mexanik, sex boshlig‘i o‘rinbosari, sex boshlig‘i, bosh mexanik va direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Baxtiyor Hamdamov 1992 yilda Navoiy shahar hokimi etib tayinlangan. U ushbu lavozimda 16 yil faoliyat yuritgan. Hokimlikdan ketgach, 2 yil Navoiy shahridagi MChJlardan biriga direktor o‘rinbosari bo‘lgan Hamdamov 2011 yildan buyon nafaqada edi

Total
0
Shares
Previous Post

Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun qurilgan 15 mlrd so‘mlik ko‘prik foydalanishga topshirildi

Next Post

Haydovchi pora berayotgan vaqtda ushlandi

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil