Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun qurilgan 15 mlrd so‘mlik ko‘prik foydalanishga topshirildi

Navoiy shahrida Amir Temur va G‘alaba ko‘chalari kesishmasida qurilgan piyodalar uchun yerusti mega-ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bergan edi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan ko‘prik daqiqasiga 400 ga yaqin piyoda o‘tadigan svetoforlar bilan tartibga solingan chorrahada joylashgan.

Mazkur inshootning metall-konstruksiya ishlari “Navoiy-janub sanoat montaj” AJ jamoasi tomonidan olib borilib, uning qad rostlashida 170 metall-konstruksiya ishlari amalga oshirilgan.

Ko‘prik balandligi 5,5 metr, uzunligi 130 metrni, eni esa 4,5 metrni tashkil etadi. Ko‘prikning to‘rt tomonidan lift faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bizni ijodiy jamoa borganida lift ishlamadi

Afsuski bugungi kunga keb koʻprik nosoz holatga keb qolgani videoda koʻrishingiz mumkun.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda muqaddam 5 marta sudlangan erkak qoʻshnisini pichoqladi

Next Post

Navoiy shahriga 16 yil hokimlik qilgan Baxtiyor Hamdamov vafot etdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil