Bugungi kunda koʻchmas mulkka boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda. Buning ortidan oʻz navtida koʻchmas mulklar soni ortib, kadastr hujjatlariga boʻlgan talab ham ortib boradi.
Kadastr hujjatlari bilan shugʻullanuvchi vakolatli orgna hisoblangan Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 8 ta yoʻnalishda kadastr xizmatlari koʻrsatilib kelinib shulardan biri kadastr pasportini rasmiylashtirish hisoblanadi.
Joriy yilning 6 oylik davri mobaynida Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida 6 219 ta koʻchmas mulk obyektlariga kadastr pasportlari rasmiylashtirib berildi. Bulardan
Yakka tartibdagi uy-joylar 1 776 ta
Kvartiralar 2 936 ta
Noturar joy obyektlari 954 ta
Yakka tartibdagi uy-joylarning yer uchastkalari 16 ta
Noturar joy obyektlarining yer uchastkalari 537 ta
“Aytish joizki kadastr pasportini shakllantirish uchun fuqarolarimiz Davlat xizmatlari markazlari markazi yoki my.gov.uz sayti orqali murojaat qilishlari mumkin. Bunda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar ilova qilinishi lozim. Birgina kadastr pasportini shakllantirib emas uni davlat roʻyxatidan ham oʻtkazish ham kerak. Chunki davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yuridik kuchga ega emas” – deydi Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar shoʻbasi bosh mutaxassisi Shoxrux Abduraximov.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida 1 780 ta bino va inshootlarning ipoteka shartnomalari 35 ta ijara huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.