KARMANALIK DILDORA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida qaroriga asosan Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi Raxmatova Dildora Ismat qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Karmana tumani Sport maktabining Badiiy gimnastika bo‘yicha trener-o‘qituvchisi Raxmatova Dildora Ismat qizining erishgan natijalari to‘g‘risida ma’lumot.


1997-yil 23-sentabrda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha trener-o‘qituvchi.
Raxmatova Dildora Ismat qizi xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi.
Raxmatova Dildora terma jamoa safida qator nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok yetib, xozirda trener-o‘qituvchi lavozimida ishlab, o‘ziga o‘xshagan sportchi qizlarni tayyorlab, yurtimiz sharafini yanada yuksaklarga ko‘tarishga hissa ko‘shyabdi.
Raxmatova Dildora badiiy gimnastika bo‘yicha Respublika va xalqaro sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
2016 yil Italiya davlatining Latino shaxrida bo‘lib o‘tgan Latino-Fiore musobaqasida 3 ta 2-o‘rinni yegallagan.
2017 yil O‘zbekiston sport ustasi unvoniga yega bo‘lgan.
2018 yil 17-18 fevral kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Alina Kabayeva chempionlar kubogida kuchli o‘ntalikda o‘rin yegalladi. Ishtirok yetgan 32 nafar sportchilar orasida 10-o‘rin sohibasi bo‘lgan.
2018 yil Malayziya davlati Kuala Lampur shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni yegallagan.

2018 yil Navoiy viloyati hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
2018 yil avgust–sentyabr oyida Indoneziya davlati Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli 18–Osiyo o‘yinlarida 2-o‘rinni yegallagan.
2018 yil sentyabr oyida Bolgariya davlatining Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ishtirokchisi.
2018 yil xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga yega bo‘lgan.
2018 yil Navoiy viloyati hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
2019 yilning mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida tasma bilan bajargan mashqida 3–o‘rinni yegallagan.
2019 yil O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan ll-Respublika qizlar festivalining sport sohasida yerishgan yutuqlari uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2019 yil Italiya davlati Neopal shahrida bo‘lib o‘tgan butunjahon talaba yoshlar sport musobaqasida XXX Universiadada ishtirok yetgan.
2021 yil sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha trener-o‘qituvchi sertifikati bilan taqdirlandi.
Raxmatova Dildora sport faoliyatidan tashqari dizaynerlik va milliy taqinchoqlar yasash bilan shug‘ullanadi.
Sport faoliyati doirasida tengdoshlari uchun va yosh avlod uchun sport bilan shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzi bilan bugungi kun yoshlari uchun maqsad va vazifalar mavzusida suhbat o‘tkazib turadi.
Raxmatova Dildora tomonidan Navoiy shahri va tuman (Karmana, Xatirchi, Navbahor, Qiziltepa) gimnastikachilari uchun, ularning mahoratlarini oshirish va yangi tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida o‘zining yuqori tajribasidan foydalanilgan holda “Mahorat darslari”ni ham o‘tkazib turadi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Karmana tumani hokimiga “hayfsan” berildi

Next Post

Qizlarga qanday imtiyozlar berildi

Related Posts