U ish faoliyati davomida oʻziga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.
Karmana tumani hokimi Faxritdin Umarovga “hayfsan” jazosini berildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning farmoyishida maʼlum qilingan.

Farmoyishda aytilishicha, u ish faoliyati davomida oʻziga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.
Shuningdek, mehnat va ijro intizomini buzib, qish mavsumini betalafot oʻtkazish ishlarini yetarlicha tashkil etmagan.