DXX: Qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinchisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs xaridorga qalbaki 10 ming AQSh dollarini 5 ming AQSh dollariga sotishga kelishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSh dollarini berib va qolganini tez kunda yetkazishlarini aytib, 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so‘m qalbaki pullarni 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Xorijiy korxonaning ikkinchi loyihasi ishga tushdi

Next Post

Navoiy aeroporti orqali mamlakatga 1000 dona o‘q-dorini noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil