Navoiy aeroporti orqali mamlakatga 1000 dona o‘q-dorini noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Navoiy aeroportida o‘tkazilgan ko‘rik davomida ov qurollariga tegishli o‘q-dorilarining noqonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Navoiy aeroporti chegara-bojxona postining xalqaro Cargo yuk terminali orqali olib kelingan 65 ming dona ov qurolining o‘q-dorilari hamda uning gilzalari tegishli ruxsatnoma va litsenziyasi asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ko‘rik davomida ortiqcha, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli yuridik hujjatlarda ko‘rsatilmagan 1000 dona ortiqcha ov qurolining o‘q-dorilari borligi aniqlangan.

Ushbu o‘q-dorilar bojxona xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar asosida vaqtincha saqlovga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda quroldan foydalanish tartibi

O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

2022-yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).

manba: daryo uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

DXX: Qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi

Next Post

Navoiy viloyati doimiy aholi soni maʼlum qilindi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil