Birlashgan arab amirliklarining “Group 42” kompaniyasi noyabrning oxirigacha Abu Dabida haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillarning sinovini boshlaydi.
“REGNUM” bu haqda “Bloomberg” maʼlumotiga tayanib xabar qilmoqda.
Amirliklar poytaxti Yaqin Sharqda haydovchisiz avtomobillar yuruvchi ilk shahar boʻlishi kerak.
Sinovning dastlabki bosqichi Yas sunʼiy orolida boʻlib, unda beshta haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil qatnashadi.
Oʻz-oʻzini boshqaruvchi avtomobillarni sinov jarayonida orqa oʻrindiqdagi “Group 42” mutaxasisi kuzatadi. Keyingi sinovlar Abu Dabining boshqa tumanlarida boʻladi. Kelajakda “Group 42” kompaniyasi haydovchisiz boshqariluvchi taksi xizmatini yoʻlga qoʻymoqchi.
Mazkur sinovlar boʻyicha dastur Amirliklar bosh vaziri Muhammad ibn Rashid Al Maktum tomonidan maʼqullangan.
Abu Dabida haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillar sinovdan oʻtkazilmoqda
