17 500 AQSH dollarining xorijga safari uzoqqa choʻzilmadi.

Jumladan, Navoiy aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni mamlakatga uchib ketayotgan fuqarolar S.F, U.Yu, U.T, K.K larning xatti-harakatlari bojxonachilarning eʼtiborini tortdi va ushbu shaxslar belgilangan tartibda toʻxtatilib, bojxona nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada, ushbu shaxslarning yonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan jami ? 17 500 AQSH dollari (rasmiy kurs boʻyicha 192 237 500 soʻm) borligi aniqlandi.

Hozirda, yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

NORMAT TURSUNOV QIZILTEPADA ITALIYALIK TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI

Next Post

Zarafshonda cho`kib ketish natijasida inson vafot etdi

Related Posts