Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Qiziltepa tumani markazidagi “Tadbirkorlar uyi”da Italiyada faoliyat yuritadigan “Studio c.o.m Italia” kompaniyasi vakili E. Bampa bilan uchrashishdi.







Tuman hokimi U. Fayziyev, viloyat hokimining oʻrinbosari A. Mahmudaliyev qatnashgan uchrashuvda Navoiy viloyati, xususan Qiziltepa tumanida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektr energiyasini yaratish, shu bilan birga, pomidor yetishtirishning zamonaviy usullarini yoʻlga qoʻyish, uzumchilikni yangi bosqichga koʻtarish, meva va sabzavotchilikda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali hosildorlikni oshirish, ularni quritish usulida qayta ishlash kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Shundan soʻng N. Tursunov ushbu maskanda hudud tadbirkorlarini qabul qildi. Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning ijrosi boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi va nazoratga olindi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi