Zarafshonda cho`kib ketish natijasida inson vafot etdi

Joriy yilning 19 avgust kuni Zarafshon shahar FVB navbatchi dispetcheriga MKBga qarashli Marvarid koʻlida 1977 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan B.S. choʻmilishga borib choʻkib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Ushbu fuqaro usha joyda vafot etgan.

Yoz faslining issiq kunlarida fuqarolarimizning koʻpchiligi oz boʻlsada salqinlab olish maqsadida ochiq daryo, kanal va suniy havzalarida choʻmilib orom olishni istaydilar. Suvda choʻmilish yaxshi albatta, lekin oʻt balosi, suv balosi deganlaridek kutilmaganda baxtsiz hodisalarga ham duch kelib qolishimiz mumkin. Aniqrogʻi suzishni bilmaslik yoki mast holda suvning chuqur joylarida suzib yurish, shuningdek ruxsat etilmagan suv havzalarida choʻmilish inson umriga zavol boʻlishi tabiiy holdir.

Choʻkish bilan bogʻliq xodisalarni yuz bermasligi uchun avvalam bor choʻmilish qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob xavo quyoshli va shamol boʻlmagan paytda, xavo xarorati iliq boʻlgan vaqtda soʻmilish tavsiya etiladi. Qorin och boʻlganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimliklar istemol qilganda, yolgʻiz boʻlganida va oftob urish xollarida choʻmilish maqsadga muvofiq emas.

    Shuningdek taqiqlangan joylarda choʻmilish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, notanish joylarga choʻmilish taqiqlanadi.

                                                                           Xayriyev Bekzod
Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

17 500 AQSH dollarining xorijga safari uzoqqa choʻzilmadi.

Next Post

Bojxona Xodimlariga maxsus unvonlar topshirildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil