Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi shamol turbinasi o‘rnatildi

⚡️2023-yil 13-iyun kuni Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi shamol turbinasi o‘rnatilishini nishonlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Tomdi tuman hokimi Qayrat Aldabergenov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Norimov Islomiddin, “Shamol Zarafshan Energy” (Masdar) kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan vakillar va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu loyiha ahamiyatini e’tirof etishdi. Xususan, birinchi shamol turbinasining quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr. Shamol turbinalari parraklarining uzunligi 77 metrni tashkil etadi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi oʻrnatiladi. 500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln tonnaga kamaytirishni ta’minlab berishi ko‘zda tutilgan. Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Kadastr sohasida yangi loyiha

Next Post

Navoiyda fuqarolarni “yerga” yuborgan shaxsga hukm o‘qib eshittirildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil