Kadastr sohasida yangi loyiha

Kadastr agentligi tomonidan Respublikamizning hududlarida amalga oshirilayotgan ishlarni aholimizga yetkazish, ularning savollariga javob berish maqsadida, yangi loyiha boshlangan edi. Loyihaning navbatdagi qismi Navoiy viloyatida bo‘lib o’tdi. Unda Kadastr agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i-direktor maslahatchisi Atamuratov Ne’matjon Ahmedjanovich fuqarolarimiz tomonidan Navoiy viloyati bo‘yicha kelib tushgan savollarni o‘qib eshittirib Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nishonov Doniyor Baxtiyorovich va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Tuxtayev Otabek Uzokovichlardan tegishli javoblarni oldi. Jumladan:

Yerni xususiylashtirish fuqarolarga qanday imtiyozlar beradi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan Qishloq xo’jaligidan foydalanilmaydigan yer uchastkalarini xususiylashtirish imkoniyati mavjud yer maydonlarini xususiylashtirish fuqarolarga yer uchastkasiga nisbatan xususiy mulk huquqini beradi bu esa yer uchastkasini qisimlarga bo’lib sotish imkonini beradi, yer uchastkasini davlat olib qo’ya olmaydi faqat sotib olishi mumkin, yer maydonini erkin qo’shish taqsimlash va ajratish huquqiga ega bo’ladi va yerdan garov sifatida foydalanish huquqiga ham ega bo’ladi.

Bilamizki, tuman, shahar hokimliklaridan yer ajratib berish vakolati olingan va yerlarni olish tartibi faqat onlayn auksion orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda qanday holatlarda istisno tarzida yer ajratilib beriladi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining (09.06.2021)-yildagi 6243-sonli farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan boshlab Vazirlar mahkamasi tomonidan quyidagi holatlarda istisno tariqasida yer maydoni ajratib beriladi

-qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

-agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

-eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

-chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari)- deydi kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nishonov Doniyor Baxtiyorovich

Navoiy viloyati bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektlari miqdori va toifalari to‘g‘risida ma’lumot bersangiz?

Javob: Navoiy viloyati bo‘yicha jami 285 524 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lib shundan,   noturar joylar soni 28 659 tani yakka tartibdagi turar joylar soni 172 710 tani ko‘p qavatli uydagi xonadonlar soni 84 155 tani tashkil qiladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki Navoiy viloyati bo‘yicha eng ko‘p ko‘chmas mulk obyektlari yakka tartibdagi turar joylar tashkil qiladi.

Joriy yilning o‘tgan besh oy mobaynida davlat ro‘yxatidan  o’tkazish va kadastr pasportini rasmiylashtirish bo’yicha qancha murojaat kelib tushgan.

  Javob:  O‘tgan 5 oy mobaynida viloyat bo‘yicha jami: 13 643 ta ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro’yxatidan o‘tgan bo‘lib shulardan: 1 917 tasi noturar bino inshoot,  5804 tasi ko‘p qavatli turar-joyda joylashgan xonadonlar, 4660 tasi yakka tartibdagi turar-joy obyektlari  va qolgan 1262 tasi turar-joy hamda noturar-joylar uchun ajratilgan yer uchastkalarini tashkil qiladi Bundan yuqoridagi sonlardan ko‘rinib turibdiki o‘tgan 5 oy mobaynida ko‘p qavatli turar-joyda joylashgan xonadonlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan arizalarga rad javobi berilganidan ayrim fuqarolarimiz norozi bo’lishadi. Keling shunga oydinlik kiritib o’tsak. Qanday holatlarda rad javobi beriladi?

Javob:  Joriy yilning o‘tgan 5 oy mobaynida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan jami: 2679 ta arizaga ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar tomonidan rad javobi berilgan bo‘lib ularga O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori va 2022-yil 28-noyabridagi O‘RQ-803 sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunida belgilab o‘tilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq holatlarni buzish yaʼni: birlamchi kadastr pasportlarini shakllantirmasdan ariza berish, ko‘chmas mulkka tegishli asoslarni (notarial shartnomalar, hokim qarori, auksion g‘oliblik bayoni, topshirish qabul qilish dalolatnoma) biriktirmaslik holatlari sabab qilib ko‘rsatilgan-deydi Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Tuxtayev Otabek Uzokovich

Total
0
Shares
Previous Post

RASMIY MUNOSABAT.

Next Post

Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi shamol turbinasi o‘rnatildi

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil