Tana boshqa dard bilmas…

Xalqni, to‘g‘rirog‘i xalq qatori meni bir masala juda qiynaydi.
U xam bo‘lsa, tibbiyotdagi muammolar.

Barcha (qariyb barcha) shifokorlarni dori firmalari yoki xususiy shifoxonalar bilan aloqasi bor.
Nega???
Xammasi pul.
Tadbirkorlik ortida ya’ni maskirovkasidagi qalloblik yashirilgan.

Shifokorga borsang “bu yerdagi (ekg, mrt yoki shunga o‘xshash) uskunamiz yaxshi emas, falon joydagi xususiy klinikaga boring… ” degan gap shifokorlar orasida “XIT QO‘ShIQQA” aylanib o‘lgurgan.
Dolya kelsa kerakda….

Yana bitta holat bor.
“men yozgan dori falon dorixonada bor…” ??
Bu monopoliya yasashmi yoki “loxotronmi”???

Yoki shifokor retsepni allaqandaydir firma brendi tushurilgan ruchka va qog‘oz blankadan foydalanadi.
Bu reklamami yoki shifokor shu firmadan muttaxamligini ochiqdan ochiq aytmoqdami???

Nima sog‘liqni saqlash egasiz qoldimi???

Firmalardan “minnatdorchilik sovg‘asi” olib ishlayotgan shifokorlar ham yo‘q emas.
Besh qo‘l barobar emas.
Lekin, bunaqa holat jo‘da xo‘p va ko‘p uchrayapti.

Bularni ko‘rib, ishlam kallamay yo‘g‘e, kallam ishlamay qolyapti ?

“Davlat fuqarolik xizmatchisi to‘g‘risida” gi Qonun bor.
Unda, davlat xizmatchi tadbirkorlik qilishi (yoki qilmasligi) bo‘yicha oq va qora shrift bilan aniq yozib qo‘yilgan adashmasan.

Lekin, deyarli barcha vrachlar va ularning yaqin qarindoshlari ta’sischiligida firmalar bor va ular tibbiyot sohasida ish faoliyati olib bormoqda.
Senga nima deyishingiz mumkin.
Fikrimga kelsak, ishlayversin.
Faqat tanlasin.
Xususiy firma yoki davlat kasalxonasidan birini tanlasin.
Qonuniy bo‘ladi.(menimcha, albatta)
A tak hozir davlat shifoxonasi shifokor uchun o‘zining xususiy klinikasi mijoz yuborish punktiga aylanib bormoqda.

P/S:
fuqaro sog‘ligi davlat xavfsizligi, jamiyat ustuni menimcha….
Fuqarolarning sog‘lig‘i biznesga aylanib qolishiga tegishli tashkilotlar qarab turmasalar yaxshi bo‘lardi. QO‘POLLAShGAN BO‘LSAM UZR… –SMI–

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi OGOHLANTIRADI.

Next Post

Qiziltepa tumaniga yangi hokimi tayinlandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil