Qiziltepa tumaniga yangi hokimi tayinlandi

Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.


Lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Sessiyada Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov so‘zga chiqib, tuman hokimi lavozimiga B. Bobomurodovni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.


Ushbu qaror xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Tana boshqa dard bilmas…

Next Post

Xatirchi tumaniga hokim tayinlandi.

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil