Samarqandda taksi haydovchilardan pul undirib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Samarqand huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 16-fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi haydovchilardan tamagirlik qilib kelgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar shaxs Samarqand–Navoiy va Samarqand–Buxoro yo‘nalishida qatnovchi haydovchilardan zo‘ravonlik va tovlamachilik yo‘li bilan, doimiy yo‘nalishda taksichilik qilish uchun 300–500 AQSh dollari hamda kunlik qatnovchi haydovchilardan 30 000–50 000 so‘mgacha pul mablag‘larini tamagirlik yo‘li bilan undirib kelgan.

Jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga qarshi chiqqan yoki so‘ralgan pul mablag‘larini bermagan fuqarolarga nisbatan guruhga yollangan bir guruh uyushgan sportchilar orqali jismoniy tazyiq, zo‘ravonlik va og‘ir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchilari V.F. va E.D. tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamachilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.F. va E.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

manba

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

O‘n nafar sudya ma’suliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jazolandi

Next Post

Bozorlarda kartoshka narxi arzonlashdi

Related Posts