RASMIY MUNOSABAT.

Mazkur videolavhada aks etgan koʻp qavtli turar-joy obyekti Navoiy
viloyati, Navoiy shahri, Oʻzbekiston MFY, Qizilqum kuchasida “GORNYAK
IZVEST” MCHJ buyurtmachi boʻlgan, xamda jamiyat tomonidan qurilish-montaj
ishlari olib borilayotgan 12 qavatli turar-joydagi holt ekanligi aniqlandi.


”GORNYAK IZVEST” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib
borilayotgan Navoiy shahri hududidagi 12 qavatli turar obyekti uchun “MODUL
GROUP PLUS” MCHJ loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlari
ishlab chiqilgan, boʻlib “SHAXARSOZLIK HUJJATLARI YEKSPERTIZASI”
DUK tomonidan 2022 yil 18 noyabrdagi №74724 sonli ekspertiza xulosasi
berilgan.


“GORNYAK IZVEST” MCHJ tomonidan 2022 yil 30 noyabr sanasida
qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan, hamda
Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan.


Xolat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat
inspeksiyasi masʼullari tomonidan monitroing ishlari olib borilganda
quyidagilar aniqlandi:


Pudrat tashkilot ”GORNYAK IZVEST” MCHJ tomonidan qurilish
obyekti oʻrab olinganligi xamda ogohlantiruvchi bannerlar tashkil etilsada,
haqiqatdan xam qurilish montaj ishlari olib borilayotgan yuqori qavatlarda
qurilish jismlarining pastga tushishi boʻyicha himoya choralari koʻrilmagan.
Bularni inobatga olgan holda Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy
nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan “GORNYAK IZVEST” MCHJ
texnika havfsizligi boʻyicha masʼul xodimiga nisbatan Oʻzbekiston
Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi
tegishli qismlariga asosan maʼmuriy choralar koʻrildi, xamda qurilish obyekti
yuqori qavatlarida maxsus ximoya choralari koʻrilgunga qadar qurilish-montaj
ishlari vaqtinchalik toʻxtatildi. ”GORNYAK IZVEST” MCHJ tomonidan shu
kunning oʻzida maxsus ximoya choralarini koʻrish ishlari boshlangan.


Maʼlumot oʻrnida videolavhada bolalar maydonchasi deb qayt etilgan joy
aslida obyekt yonidagi koʻp qavqatli turar joy avtoturargohi xisoblanadi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiylik Ortiqxoʻjayev: tadbirkorlikdan hokimligu senatorlikkacha

Next Post

Kadastr sohasida yangi loyiha

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil