Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan muntazam ravishda yurtimizga noqonuniy mahsulotlarning kirib kelishi va chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazib turiladi.
Navbatdagi tadbir davomida B.V. “Navoiy – Vunukova” yoʻnalishidagi AZO 9196-sonli aviareysi bilan jami 28 ming 350 AQSH dollarini deklaratsiya toʻldirmasdan olib ketayotgani aniqlandi.
U ushbu reys orqali Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan bir necha fuqaroga yozma deklaratsiyalanishi majburiy boʻlmagan miqdorda mazkur valyutalarni tarqatgan.
Hozirda 28 ming 350 AQSH dollari bojxona xodimlari tomonidan vaqtincha saqlovga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati