Navoiy shahar hokimi M. Egamqulov Navoiy shahrida Xitoy davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ TIANCHENG STONE” MCHJ xorijiy korxonasining granit toshlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida mavjud muammolar va takliflarni oʻrganish maqsadida loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashdi.
Mazkur loyiha doirasida granit toshlari ishlab chiqarish hamda ularga kimyoviy usulda ishlov bergan holda qora va qizil rangdagi granitlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80% qismi eksportga yoʻnaltirilayogan boʻlib, joriy yilning oʻtgan davrida qadar korxona tomonidan 4 mln. dollarlik mahsulotlar Qozogʻiston davlatiga eksport qilingan.
“ TIANCHENG STONE” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan bugungi kunga qadar jami 18,6 mln. AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan -toʻgʻri jorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 200 ga yaqin ishchi oʻrinlari yaratilgan. Shuningdek, korxona yillik 120 ming.m3 hajmda granit toshlarini qayta ishlash qobiliyatiga ega.