ZARAFSHON SHAHRIDA ADLIYA BO‘LIMINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Zarafshon shahrida zamonaviy ko‘rinishga ega adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda barcha hududiy adliya organlari rahbarlaridan iborat adliya delegatsiyasi, shahar hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etishdi.Ushbu yangi binoda adliya bo’limi huzuridagi davlat xizmatlari va yuridik xizmat markazlari, FHDY bo’limi joylashgan.

Mustaqillikning 31 yilligi arafasida ushbu yangi binoning foydalanishga topshirilishi zarafshonliklar uchun bayram tuhfasi bo‘ldi desak mubolag‘a emas. Bino barcha qulayliklarga ega. Fuqarolar uchun kutish joyi maxsus adabiyotlar bilan boyitilgan.Zamonaviy shaklda hozirlangan bolalar maydonchasi esa yosh bolali fuqarolar uchun ayni muddao. Xizmat ko‘rsatish zalida har qanday faslda xona haroratini moʻtadil saqlab turish qat’iy nazoratga olingan.

Maʼlumot o‘rnida: Ayni paytda Zarafshon shahrida 85 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hudud asosan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shu bois, aholining davlat xizmatlari olishga bo‘lgan ehtiyoji yuqori. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilning shu davriga qadar davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga 21 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 200 dan ortiq yuridik shaxs va 400ga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Noqonuniy olib ketilayotgan 28 ming 350 AQSH dollari toʻxtatib qolindi

Next Post

ZARAFSHON SHAHRIDA SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil