⚡️ Navoiylik bojxonachilar tomonidan aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.



💊 Xususan, Navoiy xalqaro aeroportida “Turkiya-Navoiy” yoʻnalishidagi aviareys bilan olib kelingan yuklarni xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyuldagi PQ-3873 sonli qarori talablariga muvofiq “UNI” kod va invoyslarida hamda yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, kurerlik joʻnatmalari orasiga yashirilib, sifati kafolatlanmagan, soʻzidan umumiy qiymati 238,1 mln. soʻmlik, 💉dori-darmon va 🌡tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.
📗 Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.