Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan V Islom birdamligi oʻyinlarida Navoiy viloyati sportchilari Afsona Niyozova, Alyona Vasileva hamda Sitora Odilova soʻzish sport turining 4×200 metr masofaga erkin usulda suzish boʻyicha estafeta baxslarida 3-oʻrinni qoʻlga kiritib Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medallarini taqdim etishdi.
Maʼlumot uchun, A.Niyozova Navoiy suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining tarbiyalanuvchisi, shuningdek, A.Vasileva hamda S.Odilova “NKMK jamgʻarmasi” DM tasarrufidagi “Soʻgʻdiyona” jismoniy tarbiya va sport majmuasi “Oltin suv” suzish markazi tarbiyalanuvchisi hisoblanishadi.