Navoiy viloyat Qiziltepa madaniyat istirohat bog‘ining kirish qismida yong‘in yuzaga keldi

Navoiy viloyatida Qiziltepa tumanidagi istirohat bog‘ida 11-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 11-avgust kuni soat 15:15 da Qiziltepa tumani “Alisher Navoiy” MFY O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan “Madaniyat” istirohat bog‘i kirish qismida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:19 da o‘rab olingan va soat 15:21 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Mehnat vazifasini oʼtayotgan vaqtida oyoqsiz qolgan fuqaro

Next Post

NAVOIYLIK SPORTCHI QIZLAR KONYADA 3 TA BRONZA MEDALNI QOʻLGA KIRITISHDI

Related Posts