Navoiydagi qamoqxonada mahkum bosim oʻtkazilgani sababli oʻz joniga qasd qilgani aytildi

IIV Departamenti ushbu holat yuzasidan maʼlumot berdi

Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilning 4 fevral kuni Dildora Boymurodova ismli foydalanuvchining Facebook sahifasida Navoiy viloyatidagi 36-sonli manzil koloniyada jazo muddatini oʻtab kelayotgan mahkum Umid Jonuzoqov oʻz joniga qasd qilgani, unga nisbatan koloniya katta tezkor vakili lavozimida xizmat qiluvchi mayor Lochin Xidirov tomonidan bosim oʻtkazilganligi toʻgʻrisida video murojaat joylangan. U hatto mahkumdan pul soʻraganligi ham aytib oʻtilgan.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining maʼlum qilishicha, 2022 yil 1 fevral kuni soat taxminan 12:30 da manzil-koloniya 2-turkum mahkumlar yotoqxonalarini koʻzdan kechirish davomida mahkum Umid Jonuzoqov mahkumlar uchun taqiqlangan sensorli telefon apparatidan foydalanib oʻtirganligi aniqlangan. Xodimlar esa telefon apparatini berishni soʻragan. Mahkum uni bermasdan faol qarshilik koʻrsatgan.
Koloniya xodimlari U.B.Jonuzoqovdan taqiqlangan sensorli “Oppo” rusumli telefon apparatini olib qoʻygach, U.B.Jonuzoqov oʻzining xatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlovchi, qonunda belgilangan jazoni ijro etish tartiblariga qarshi munosabatda boʻlgan mahkumlar – O.S., V.M., T.M., U.V. hamda M.Ch.ni chaqirib, koloniya xodimlaridan olingan telefon apparatini qaytarib berishini noqonuniy ravishda talab qilgan.
“Ular koloniya maʼmuriy binosiga kelib ʻtelefonni qaytarib bermasanglar, senlarga muammo keltirib chiqaramiz, uzimni oʻldiramanʻ, deb gʻayriqonuniy ravishda oʻzlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faol qarshilik koʻrsatgan. Shundan soʻng mahkum U.B.Jonuzoqov oʻzi bilan yashirincha saqlab kelayotgan mahkumlar uchun taqiqlangan oʻtkir tigʻli oshxona pichogʻi va ogʻiz boʻshligʻida saqlab kelayotgan lezviya boʻlagi bilan ikki qoʻlining bilak hamda boʻyin sohasini tilib, oʻziga tan jarohati yetkazgan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan oʻrganilib, voqea ishtirokchisi boʻlgan xodimlar va guvohlarning koʻrsatmalari asosida Zarafshon shahar sudi tomonidan mahkum U.B.Jonuzoqovga jazoning qolgan qismini yopiq turdagi koloniyada oʻtash belgilangan.
Qayd etilishicha, sudda mahkum U.B. Jonuzoqov koloniya katta tezkor vakili mayor Lochin Xidirovga tuhmat qilgani, boshqa mahkumlarning undovi bilan oʻziga tan jarohati yetkazganini maʼlum qilgan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Buxoroda futbol mushtlashuvgacha bordi

Next Post

Navoiyda neft aniqlash talon-toroj qilish aniqlandi

Related Posts